Asosiy kontentga o‘tish
SARMOYAPRO
Tezkor
Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdiSo‘m kursi haftalik savdolarda barqarorToshkent fond birjasida savdo hajmi oshdiOltin narxi yangi cho‘qqiga yaqinlashdiBanklar depozit stavkalarini pasaytirmoqdaYillik inflyatsiya 8,7 foizni tashkil etdi
Orqaga
Banklar

Banklardagi depozitlar hajmi qariyb 483 trln soʻmga yetdi

Your Shadow40 kun oldin0 ko‘rish

Banklardagi depozitlar hajmi qariyb 483 trln soʻmga yetdi

Banklardagi depozitlar hajmi qariyb 483 trln soʻmga yetdi — Kun.uz. 2026-yil 1-avgust holatiga bank tizimi aktivlari 1 016,6 trln soʻmga yetib, oʻtgan yilning mos sanasiga nisbatan 19 foizga oshdi. Markaziy bankning bildirishicha, bir yil avval ushbu koʻrsatkich 852,4 trln soʻmni tashkil etgan.

Banklardagi depozitlar hajmi qariyb 483 trln soʻmga yetdi — Kun.uz 2026-yil 1-avgust holatiga bank tizimi aktivlari 1 016,6 trln soʻmga yetib, oʻtgan yilning mos sanasiga nisbatan 19 foizga oshdi. Markaziy bankning bildirishicha, bir yil avval ushbu koʻrsatkich 852,4 trln soʻmni tashkil etgan. Banklarning kredit qoʻyilmalari ham oʻsishda davom etib, 576,2 trln soʻmdan 644,6 trln soʻmga yetdi. Yillik oʻsish 12 foizni tashkil etdi. Natijada iqtisodiyotga yoʻnaltirilgan kreditlar hajmi bir yil davomida qariyb 68,4 trln soʻmga koʻpaydi. Eng yuqori oʻsish depozitlarda kuzatildi. Banklardagi jami depozitlar 360,4 trln soʻmdan 482,7 trln soʻmga yetib, 34 foizga oshdi. Yaʼni bir yil ichida bank tizimidagi depozitlar hajmi 122 trln soʻmdan ziyodga koʻpaygan. Bank tizimining jami kapitali 127 trln soʻmdan 150,6 trln soʻmga yetib, 19 foizga oshdi. Qayd etilishicha, depozitlarning kreditlarga nisbatan yuqoriroq surʼatda oʻsishi banklarning ichki resurslar bazasini kengaytirishga xizmat qilmoqda.


Manba / Источник: kun-uz

  • ingest
  • kun-uz
Telegramda o‘qish

Shu mavzuda